Hamma xonani aylanish

Masala #976 · murakkablik 22% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Muzeyda n ta xona n − 1 ta yo'lak bilan ulangan, istalgan ikki xona orasida yagona yo'l bor. Tekshiruvchi hamma xonaga kamida bir marta kirishi kerak. U istalgan xonadan boshlab, istalgan xonada tugatishi mumkin; bir yo'lakdan bir necha marta o'tish mumkin, har o'tish alohida sanaladi.

Eng kamida nechta yo'lak o'tishi kerak?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 105). Keyingi n − 1 qatorda yo'laklar u v (daraxt).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng kam o'tishlar soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.