Har tugun balandligi

Masala #971 · murakkablik 24% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Daraxtda n ta tugun bor, ildiz 1-tugun. Tugunning balandligi - undan o'z qism daraxtidagi eng uzoq bargacha bo'lgan qirralar soni. Bargning balandligi 0.

Har tugunning balandligini toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 105). Keyingi n − 1 qatorda ikkitadan son u, v (1 ≤ u, v ≤ n) - qirralar, istalgan tartibda. Ular daraxt hosil qilishi kafolatlanadi. Ildiz - 1-tugun.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda n ta son: i-son i-tugunning balandligi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.