Oilaviy shajara

Masala #951 · murakkablik 12% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Oila shajarasida n kishi bor, ular 1 dan n gacha raqamlangan. 1-kishi eng katta bobo, qolgan har i-kishining otasi pi berilgan. Shajara daraxt bo'lib, ildizi 1-kishi.

Uchta narsani toping: farzandsiz kishilar soni (barglar); eng ko'p farzandli kishi (bunday kishilar bir nechta bo'lsa, raqami eng kichigi) va uning farzandlari soni.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 105). Ikkinchi qatorda n − 1 ta son p2, …, pn (1 ≤ pi < i). n = 1 bo'lsa, bu qator bo'sh.

Chiquvchi ma'lumotlar

Uchta son: barglar soni, eng ko'p farzandli kishi raqami, uning farzandlari soni.

Izoh

1-namuna izohi. 1-kishining farzandlari 2 va 3, 2-kishining farzandlari 4, 5, 6. Farzandsizlar: 3, 4, 5, 6 - jami 4. Eng ko'p farzand 2-kishida, 3 ta. Javob «4 2 3».

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.