Nechta eshik
Masala #956 · murakkablik 8% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Muzeyda n ta zal n − 1 ta eshik bilan ulangan, istalgan zaldan istalganiga yagona yo'l bor. Kirish 1-zalda. Mehmon x-zalga borishi uchun nechta eshikdan o'tadi?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va x (1 ≤ x ≤ n ≤ 105). Keyingi n − 1 qatorda ikkitadan son u, v (1 ≤ u, v ≤ n) - eshik ulagan ikki zal, istalgan tartibda. Ular daraxt hosil qilishi kafolatlanadi.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - 1-zaldan x-zalgacha eshiklar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.