Tarmoq daraxtmi?

Masala #981 · murakkablik 22% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Tarmoqda n ta kompyuter va m ta kabel bor. Muhandis tarmoq daraxt ekanini tekshirmoqchi: istalgan ikki kompyuter orasida aloqa bo'lsin va kabellardan birortasi ham ortiqcha bo'lmasin (ya'ni sikl bo'lmasin).

Tarmoq daraxt bo'lsa YES, aks holda NO ni chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ m ≤ 105). Keyingi m qatorda ikkitadan son u, v (1 ≤ u, v ≤ n, u ≠ v). Bir juftlik orasida bir nechta kabel bo'lishi mumkin.

Chiquvchi ma'lumotlar

YES yoki NO.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.