Juft yoki toq
Masala #963 · murakkablik 24% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Shaharchada n ta uy n − 1 ta ko'cha bilan ulangan, istalgan ikki uy orasida yagona yo'l bor. Pochtachi bir uydan ikkinchisiga yo'l bo'ylab boradi. Uning sanoq o'yini bor: o'tilgan ko'chalar soni juftmi yoki toqmi?
q ta juftlik uchun javob bering. Uy o'ziga 0 ko'cha, ya'ni juft.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va q (1 ≤ n, q ≤ 105). Keyingi n − 1 qatorda ko'chalar u v (daraxt). Keyin q ta juftlik a b (1 ≤ a, b ≤ n).
Chiquvchi ma'lumotlar
Har juftlik uchun alohida qatorda JUFT yoki TOQ.
Izoh
1-namuna izohi. 1 → 2 → 3 → 4: 3 ta ko'cha (TOQ). 4 → 3 → 2 → 5: 3 ta (TOQ). 1 → 2 → 3: 2 ta (JUFT). 3 dan 3 ga: 0 ta (JUFT).
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.