Shajara to'g'rimi?
Masala #954 · murakkablik 20% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Arxivchi n kishilik shajarani ota massivi ko'rinishida yozib oldi: har i = 2, …, n uchun pi - i-kishining otasi. 1-kishi shajara boshi bo'lishi kerak. Lekin arxivchi adashgan bo'lishi mumkin: masalan, kimdir o'z nevarasining farzandi qilib yozilgan.
Yozuv to'g'ri shajara, ya'ni ildizi 1-kishi bo'lgan daraxtmi? Bu har bir kishidan otalar bo'ylab yuqoriga yurib, oxir-oqibat 1-kishiga yetish mumkin degani.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 2000). Ikkinchi qatorda p2, …, pn (1 ≤ pi ≤ n, pi ≠ i; n = 1 bo'lsa, qator bo'sh).
Chiquvchi ma'lumotlar
YES yoki NO.
Izoh
2-namuna izohi. p2 = 3, p3 = 4, p4 = 2. 2-kishidan yuqoriga: 2 → 3 → 4 → 2 → … - 1-kishiga hech qachon yetilmaydi, javob NO.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.