Ko'rinadigan minoralar
Masala #983 · murakkablik 23% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Qal'a tuzilmasi daraxt: n ta minora, bosh minora 1-raqamli, qirralarda kim yuqorida ekani yozilmagan. Har minoraning balandligi ai. Minora ko'rinadigan, agar u o'zidan pastdagi (unga bo'ysunuvchi, bevosita yoki bilvosita) barcha minoralardan qat'iy baland bo'lsa. Pastida minora yo'q bo'lsa, u ko'rinadigan.
Ko'rinadigan minoralar nechta?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 105). Ikkinchi qatorda n ta son 1 ≤ ai ≤ 109. Keyingi n − 1 qatorda u v - daraxt qirralari (ildiz 1).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - ko'rinadigan minoralar soni.
Izoh
1-namuna izohi. 2, 4, 5-minoralarning pastida minora yo'q - ko'rinadigan. 3-minora (2) pastida 4 (1) va 5 (2) bor: 5 ham 2 baland, qat'iy emas - ko'rinmaydi. 1-minora (4) pastida 2-minora (5) bor - ko'rinmaydi. Javob 3.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.