Yo'lak chiroqlari

Masala #997 · murakkablik 13% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Yo'lak bo'ylab n ta chiroq bor, dastlab hammasi o'chiq. Navbatchi m marta tugma bosdi: har safar l-chiroqdan r-chiroqqacha (ikkalasi ham kiradi) har bir chiroqning holati teskarisiga o'zgaradi - o'chig'i yonadi, yonig'i o'chadi.

Oxirida nechta chiroq yonib turibdi?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n, m ≤ 105). Keyingi m qatorda ikkitadan son l, r (1 ≤ l ≤ r ≤ n).

Chiquvchi ma'lumotlar

Yonib turgan chiroqlar soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.