Bog' uchastkalari
Masala #993 · murakkablik 24% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bog' n qator va m ustunli kataklarga bo'lingan. i-qator va j-ustundagi katakda ai,j ta daraxt o'sadi (0 dan 9 gacha). Bog'bon q marta so'raydi: «x1-qatordan x2-qatorgacha va y1-ustundan y2-ustungacha bo'lgan to'g'ri to'rtburchak uchastkada (chegaralar kiradi) jami nechta daraxt bor?»
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, m, q (1 ≤ n, m ≤ 500, 1 ≤ q ≤ 105). Keyingi n qatorning har birida m ta raqamdan iborat satr (bo'sh joysiz): i-satrning j-raqami - ai,j. Keyingi q qatorda to'rttadan son x1, y1, x2, y2 (1 ≤ x1 ≤ x2 ≤ n, 1 ≤ y1 ≤ y2 ≤ m).
Chiquvchi ma'lumotlar
Har so'rov uchun alohida qatorda daraxtlar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.