Ombor hisobi
Masala #1022 · murakkablik 25% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Omborda n ta tokcha bor, dastlab hammasi bo'sh. Avval m ta yetkazib berish bo'ldi: har birida l-tokchadan r-tokchagacha har bir tokchaga k tadan quti qo'yildi. Shundan keyin tokchalar o'zgarmaydi va mudir q marta so'raydi: «l-tokchadan r-tokchagacha (ikkalasi ham kiradi) jami nechta quti bor?»
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, m, q (1 ≤ n, m, q ≤ 105). Keyingi m qatorda l, r, k (1 ≤ k ≤ 104). Keyingi q qatorda l, r. Hamma joyda 1 ≤ l ≤ r ≤ n.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har so'rov uchun alohida qatorda qutilar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.