O'rtacha harorat
Masala #988 · murakkablik 8% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Ob-havo stansiyasi n kun davomida har kungi o'rtacha haroratni yozib bordi: i-kuni ai daraja. Sinoptik q marta so'raydi: «l-kundan r-kungacha (ikkalasi ham kiradi) o'rtacha harorat necha daraja?»
O'rtacha harorat - shu kunlar haroratlari yig'indisini kunlar soniga bo'lish natijasi; kasr qismi tashlab yuboriladi (masalan, 13 / 4 = 3).
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va q (1 ≤ n, q ≤ 105). Ikkinchi qatorda n ta son 0 ≤ ai ≤ 109. Keyingi q qatorda ikkitadan son l, r (1 ≤ l ≤ r ≤ n).
Chiquvchi ma'lumotlar
Har so'rov uchun alohida qatorda o'rtacha haroratning butun qismi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.