Qor tozalash

Masala #999 · murakkablik 16% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Yo'l n ta bo'lakka bo'lingan, i-bo'lakda ai sm qor bor. Kechasi m ta qor tozalash mashinasi o'tdi: har biri l-bo'lakdan r-bo'lakkacha (ikkalasi ham kiradi) har bir bo'lakdagi qorni x sm ga kamaytirdi. Bo'lakda x sm dan kam qor bo'lsa, u bo'lak butunlay tozalanadi - qor qalinligi manfiy bo'lmaydi.

Ertalab nechta bo'lakda qor umuman qolmagan va jami necha sm qor qolgan (barcha bo'laklardagi qalinliklar yig'indisi)?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n, m ≤ 105). Ikkinchi qatorda n ta son 0 ≤ ai ≤ 109. Keyingi m qatorda uchtadan son l, r, x (1 ≤ l ≤ r ≤ n, 1 ≤ x ≤ 104).

Chiquvchi ma'lumotlar

Ikki son: qor qolmagan bo'laklar soni va qolgan qorning jami qalinligi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.