Eng sovuq kun
Masala #1004 · murakkablik 9% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Shahar ob-havo xizmati n kun davomida har kungi eng past haroratni yozib bordi: i-kuni ai daraja. Yozuvlar o'zgarmaydi. Jurnalist q marta so'raydi: «l-kundan r-kungacha (ikkalasi ham kiradi) eng sovuq kunda harorat necha daraja edi?»
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va q (1 ≤ n, q ≤ 105). Ikkinchi qatorda n ta son −109 ≤ ai ≤ 109. Keyingi q qatorda ikkitadan son l, r (1 ≤ l ≤ r ≤ n).
Chiquvchi ma'lumotlar
Har so'rov uchun alohida qatorda eng past harorat.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.