Ikki palla

Masala #991 · murakkablik 16% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bozorda n ta tosh bir qatorga terilgan, i-toshning og'irligi ai gramm. Sotuvchi q marta shunday qiladi: l-toshdan r-toshgacha bo'lgan toshlarni (ularning soni juft) teng ikkiga bo'ladi - birinchi yarmini chap pallaga, ikkinchi yarmini o'ng pallaga qo'yadi. Masalan, l = 3, r = 6 bo'lsa, 3- va 4-tosh chapga, 5- va 6-tosh o'ngga tushadi.

Har safar qaysi palla og'irroq ekanini ayting.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va q (2 ≤ n ≤ 105, 1 ≤ q ≤ 105). Ikkinchi qatorda n ta son 1 ≤ ai ≤ 109. Keyingi q qatorda ikkitadan son l, r (1 ≤ l < r ≤ n, r − l + 1 - juft).

Chiquvchi ma'lumotlar

Har so'rov uchun alohida qatorda: chap palla og'ir bo'lsa Chap, o'ng palla og'ir bo'lsa O'ng, teng bo'lsa Teng.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.