Bitta do'kon yopiq

Masala #1008 · murakkablik 21% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Ko'chada n ta do'kon bir qatorda turibdi, i-do'konda non narxi ai so'm; narxlar o'zgarmaydi. Xaridor q marta so'raydi: «l-do'kondan r-do'kongacha (ikkalasi ham kiradi) yuraman, lekin p-do'kon bugun yopiq. Ochiq do'konlardagi eng arzon non necha so'm?»

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va q (2 ≤ n ≤ 105, 1 ≤ q ≤ 105). Ikkinchi qatorda n ta son 1 ≤ ai ≤ 109. Keyingi q qatorda uchtadan son l, r, p (1 ≤ l < r ≤ n, l ≤ p ≤ r).

Chiquvchi ma'lumotlar

Har so'rov uchun alohida qatorda eng arzon narx.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.