Yashirin qutilar

Masala #994 · murakkablik 24% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Bu interaktiv masala: dasturingiz hakam bilan savol-javob qiladi.

Javonda n ta quti bir qatorda turibdi, i-qutida ai ta olma bor. Siz sonlarni ko'rmaysiz, lekin omborchidan so'rashingiz mumkin: «l-qutidan r-qutigacha (ikkalasi ham kiradi) jami nechta olma bor?» Omborchi faqat kamida ikkita qutini qamragan savolga javob beradi, ya'ni l < r. Ko'pi bilan n ta savol berib, har bir qutidagi olmalar sonini toping.

Muloqot. Avval hakam bitta qatorda n ni yozadi. Keyin dasturingiz quyidagi qatorlarni chiqaradi:

Har qatordan keyin chiqishni tozalang: C++ da endl yoki cout.flush(), aks holda qator hakamga yetmaydi. Savollar soni n dan oshsa, l ≥ r bo'lsa, format buzilsa yoki yakuniy javob noto'g'ri bo'lsa - «Noto'g'ri javob».

Namuna muloqot (n = 3, qutilarda 4, 0, 6 ta olma):

HakamDasturIzoh
33 ta quti
? 2 3
60 + 6
? 1 3
104 + 0 + 6
? 1 2
44 + 0; jami 3 ta savol
! 4 0 6to'g'ri, dastur tugaydi

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (3 ≤ n ≤ 1000). Har qutida 0 ≤ ai ≤ 106 ta olma. Keyin hakam har savolingizga bitta son bilan javob beradi.

Chiquvchi ma'lumotlar

Savollar (? l r) va oxirida bitta ! qatori - n ta son.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.