Palindrom bo'laklar

Masala #2179 · murakkablik 40% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Kichik lotin harflaridan iborat s satri berilgan. Uni palindrom bo'laklarga ajratish kerak: har bir bo'lak o'ngdan chapga ham bir xil o'qiladi. Bo'laklar ketma-ket yozilsa yana o'sha satr hosil bo'ladi. Eng kam bo'laklar sonini toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda s (1 ≤ |s| ≤ 500), probelsiz.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng kam bo'laklar soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.