Sehrli damlamalar
Masala #2158 · murakkablik 44% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Qatorda n ta damlama turibdi, i-sini ichsangiz sog'lig'ingiz ai ga o'zgaradi (manfiy ham bo'lishi mumkin). Boshida sog'liq 0. Chapdan o'ngga yurib, har bir damlamani ichish yoki o'tkazib yuborish mumkin; sog'liq hech qachon manfiy bo'lmasligi kerak. Eng ko'pi bilan nechta damlama ichish mumkin?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 105). Ikkinchi qatorda a1, …, an (|ai| ≤ 109).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda eng ko'p damlamalar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.