k ta raqamni o'chir
Masala #2149 · murakkablik 40% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Uzun son s (boshida nol yo'q, yoki s = «0») va butun k berilgan. Sondan aynan k ta raqamni o'chirib (qolganlar tartibi saqlanadi), eng kichik sonni hosil qiling. Javobni boshidagi nollarsiz chiqaring; hech narsa qolmasa yoki faqat nollar qolsa - 0.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda s satri - raqamlardan iborat son (1 ≤ |s| ≤ 105), ikkinchi qatorda butun k (0 ≤ k ≤ |s|).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda eng kichik son.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.