Yagona loyiha
Masala #2267 · murakkablik 55% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Muhandislar n ta shaharni yo'llar bilan bog'lash loyihasini tuzishmoqda. m ta mumkin bo'lgan yo'l bor: i-yo'l ui va vi shaharlarni bog'laydi va wi so'm turadi (ikki shahar orasida bir nechta yo'l varianti bo'lishi mumkin). Hamma yo'llar qurilsa, shaharlar bog'langan bo'lishi kafolatlanadi. Loyiha - hamma shaharni bog'laydigan va jami narxi eng kam bo'lgan yo'llar to'plami. Eng kam narxni toping va bunday loyiha yagonami yoki yo'qligini aniqlang (ikki loyiha, agar ulardagi yo'llar to'plami farq qilsa, turli hisoblanadi).
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m; keyin m qatorda u v w (2 ≤ n ≤ 105, n − 1 ≤ m ≤ 2·105, u ≠ v, 1 ≤ w ≤ 109).
Chiquvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda eng kam narx, ikkinchi qatorda loyiha yagona bo'lsa HA, aks holda YO'Q.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.