Ko'pi bilan k ta reys
Masala #2253 · murakkablik 45% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Aviakompaniyaning n ta shahar orasida m ta bir tomonlama reysi bor: i-reys ui dan vi ga uchadi va chipta narxi wi. Aksiya sababli ba'zi reyslarda narx manfiy - yo'lovchiga keshbek qaytariladi. Bitta reysdan bir necha marta foydalanish mumkin.
1-shahardan n-shaharga ko'pi bilan k ta reys bilan yetib borishning eng kam umumiy narxini toping. Iloji bo'lmasa, IMKONSIZ chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, m, k. Keyin m qatorda u v w (2 ≤ n ≤ 500, 1 ≤ m ≤ 3000, 1 ≤ k ≤ 500, |w| ≤ 104).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda eng kam narx yoki IMKONSIZ.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.