Nechta qalam kerak?

Masala #2324 · murakkablik 42% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Graf qog'ozga chizilgan. Har bir qirradan aynan bir marta o'tib, hamma qirralarni chizish uchun kamida nechta uzluksiz chiziq (qalam ko'tarilishi) kerak? Har bir chiziq grafning istalgan uchidan boshlanadi va istalgan uchida tugaydi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n ≤ 2·105, 0 ≤ m ≤ 2·105). Keyingi m qatorda qirralar u v (u ≠ v, parallel qirralar bo'lishi mumkin).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - kerakli chiziqlar soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.