EKUB yig'indisi

Masala #2361 · murakkablik 62% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Musbat butun sonlar a1, …, an berilgan. Har bir juftlik i < j uchun gcd(ai, aj) - ikki sonning eng katta umumiy bo'luvchisini hisoblang va natijalarni qo'shing.

Masalan, 2, 4, 6 uchun gcd(2, 4) + gcd(2, 6) + gcd(4, 6) = 2 + 2 + 2 = 6.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 2·104), ikkinchisida n ta son (1 ≤ ai ≤ 106).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - yig'indi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.