Maksimal oqim

Masala #2329 · murakkablik 58% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Neft quvurlari tarmog'ida n ta nasos stansiyasi va m ta bir tomonlama quvur bor; quvur soatiga ko'pi bilan c tonna neft o'tkazadi. Neft s-stansiyadagi kondan t-stansiyadagi portga yuboriladi, yo'lda istalgancha tarmoqlanishi mumkin, oraliq stansiyalarda esa to'planib qolmaydi. Portga soatiga eng ko'p necha tonna neft yetkazish mumkin?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, m, s, t (2 ≤ n ≤ 200, 0 ≤ m ≤ 1000, 1 ≤ s, t ≤ n, s ≠ t), keyin m qatorda qirra u v c - u dan v ga, sig'imi c (1 ≤ c ≤ 109). Parallel qirralar bo'lishi mumkin.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - maksimal oqim (109 dan katta bo'lishi mumkin).

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.