Eng katta moslik

Masala #2334 · murakkablik 56% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Ish yarmarkasida n ta nomzod va m ta bo'sh ish o'rni bor. Qaysi nomzod qaysi ish o'rniga mos kelishi ma'lum: bu - ikki tomonlama graf, chap tomonda nomzodlar, o'ng tomonda ish o'rinlari, qirra esa «shu nomzod shu ishga mos» degani. Har nomzod ko'pi bilan bitta ishga olinadi, har ish o'rniga ko'pi bilan bitta nomzod olinadi va faqat mos juftliklar tuziladi. Eng ko'pi bilan nechta nomzodni ishga joylashtirish mumkin, ya'ni grafdagi eng katta moslikda nechta qirra bor? Qirra bo'lmasa, javob 0.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, m, e - chap va o'ng tomondagi tugunlar soni hamda qirralar soni (1 ≤ n, m ≤ 500, 0 ≤ e ≤ 5000), keyin e qatorda u v - chapdagi u (1..n) va o'ngdagi v (1..m) tugunlar qirrasi. Takroriy qirralar bo'lishi mumkin.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - moslikdagi juftliklar soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.