2-SAT: bajariladimi?
Masala #2322 · murakkablik 64% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
n ta mantiqiy o'zgaruvchi x1, …, xn va m ta shart berilgan. Har bir shart ikki literalning «yoki»si: (a ∨ b), bunda literal - o'zgaruvchining o'zi (xi) yoki uning inkori (¬xi). Shart bajariladi, agar uning literallaridan kamida bittasi rost bo'lsa; ikkala literalda bitta o'zgaruvchi qatnashishi ham mumkin. Har o'zgaruvchiga rost yoki yolg'on qiymat berib, barcha shartlarni bir vaqtda bajarish mumkinmi?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n ≤ 2000, 0 ≤ m ≤ 4000), keyin m qatorda to'rttadan son i si j sj - shart (i-literal ∨ j-literal) (1 ≤ i, j ≤ n). Bunda s = 1 bo'lsa literal x ning o'zi (inkor emas), s = 0 bo'lsa uning inkori.
Chiquvchi ma'lumotlar
HA yoki YO'Q.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.