Eng katta foyda

Masala #2341 · murakkablik 74% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Tarjima agentligida n ta tarjimon va m ta buyurtma bor (n ≤ m). i-tarjimon j-buyurtmani bajarsa, agentlik aij so'm foyda oladi. Har tarjimon aynan bitta buyurtma oladi, bitta buyurtmani ikki tarjimon olmaydi, ba'zi buyurtmalar bajarilmay qolishi mumkin. Umumiy foydani eng katta qiling.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n ≤ m ≤ 500), keyin n qator - har birida m ta son (0 ≤ aij ≤ 106).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - maksimal umumiy foyda.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.