Umumiy bo'sh vaqt

Masala #1120 · murakkablik 30% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Ali va Vali uchrashmoqchi. Alining bo'sh vaqtlari - n ta oraliq, Valiniki - m ta oraliq. Har oraliq [s, e] (s < e) ko'rinishida; har bir kishining oraliqlari o'sish tartibida berilgan va o'zaro kesishmaydi, hatto tegmaydi: ei < si+1.

Ikkalasi ham bo'sh bo'lgan barcha oraliqlarni toping. Uzunligi musbat bo'lgan umumiy qismlarnigina chiqaring (bir nuqtada tegish - uchrashuv emas).

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n, m ≤ 105). Keyingi n qatorda Alining oraliqlari, so'ng m qatorda Valiniki: har qatorda s va e (0 ≤ s < e ≤ 109).

Chiquvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda k - umumiy oraliqlar soni. Keyingi k qatorda ular o'sish tartibida, har birida ikki son.

Izoh

1-namuna izohi. [3, 5] ∩ [4, 9] = [4, 5], [8, 12] ∩ [4, 9] = [8, 9], [8, 12] ∩ [11, 20] = [11, 12]. [1, 2] Valining hech bir oralig'i bilan kesishmaydi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.