Dumaloq dasturxon
Masala #1117 · murakkablik 47% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
To'yda dumaloq dasturxon atrofida n ta taom aylana bo'ylab qo'yilgan, i-taomning kaloriyasi ai; n-taomdan keyin yana 1-taom keladi. Mehmon aylana bo'ylab ketma-ket turgan bir nechta taomni (har birini ko'pi bilan bir marta) tanlaydi, jami kaloriya S dan oshmasin.
Eng ko'pi bilan nechta taom tanlay oladi? Birorta ham taom tanlab bo'lmasa, 0 chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va S, ikkinchi qatorda n ta son ai.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2·105, 1 ≤ ai ≤ 109, 1 ≤ S ≤ 1015.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - taomlarning eng ko'p soni (0 dan n gacha).
Izoh
1-namuna izohi. 4, 5 va 1-taomlar (aylana chegarasidan o'tib): 2 + 3 + 1 = 6 ≤ 6. Aylanani kesmasdan olingan uchta qo'shni taom esa 6 dan ko'p.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.