Kulchalar
Masala #1106 · murakkablik 42% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Novvoyxonada kulcha pishiriladi. Bitta kulcha uchun n xil masalliqdan i-sidan ai gramm kerak. Omborda i-masalliqdan bi gramm bor. Bundan tashqari k gramm «universal aralashma» bor: uning har grammi istalgan masalliqning bir grammi o'rnini bosadi.
Eng ko'pi bilan nechta kulcha pishirish mumkin?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va k, ikkinchi qatorda n ta son ai, uchinchi qatorda n ta son bi.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ k ≤ 109, 1 ≤ ai ≤ 109, 0 ≤ bi ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - kulchalarning eng ko'p soni (0 bo'lishi mumkin).
Izoh
1-namuna izohi. 2 ta kulcha uchun 4 va 6 gramm kerak: birinchisi yetadi, ikkinchisiga 2 gramm aralashma qo'shiladi. 3 ta uchun 1 + 5 = 6 > 3 gramm aralashma kerak bo'lardi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.