Yaqin uchliklar

Masala #1129 · murakkablik 40% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

To'g'ri chiziqda n ta nuqta berilgan (tartibsiz, koordinatalar takrorlanishi mumkin). Shunday uch nuqtadan iborat to'plamlar nechta ekanini hisoblang: to'plamdagi eng chekka ikki nuqta orasidagi masofa d dan oshmasin. To'plamlar nuqtalarning raqami bilan farqlanadi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va d, ikkinchi qatorda n ta son xi.

Cheklovlar: 3 ≤ n ≤ 2·105, 1 ≤ xi ≤ 109, 0 ≤ d ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - uchliklar soni (64 bitli).

Izoh

1-namuna izohi. 1, 2, 3, 4 dan istalgan uchtasining chekkalari orasi ko'pi bilan 3 - C(4, 3) = 4 ta uchlik. 2-namunada (d = 2) faqat {1, 2, 3} va {2, 3, 4}.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.