Ustaxona

Masala #1102 · murakkablik 30% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Ustaxonada m ta usta ishlaydi. i-usta bitta detalni ti daqiqada tayyorlaydi va to'xtovsiz keyingisiga o'tadi. Ustalar bir vaqtda, bir-biriga xalaqit bermay ishlaydi; tugallanmagan detal hisobga olinmaydi.

Kamida k ta detal tayyor bo'lishi uchun eng kamida necha daqiqa kerak?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda m va k, ikkinchi qatorda m ta son ti.

Cheklovlar: 1 ≤ m ≤ 2·105, 1 ≤ k ≤ 109, 1 ≤ ti ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng kam daqiqa.

Izoh

1-namuna izohi. 8 daqiqada ustalar 4, 2 va 1 ta detal tayyorlaydi - jami 7. 7 daqiqada esa 3 + 2 + 1 = 6 ta.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.