Narx o'zgarishlari
Masala #1148 · murakkablik 36% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Do'konda javonga ketma-ket terilgan n ta mahsulot bor, i-mahsulot narxi ai so'm. q ta buyruq keladi: l r x - javondagi l-mahsulotdan r-mahsulotgacha (ikkalasi ham kiradi) hammasining narxiga x so'm qo'shiladi (x manfiy bo'lsa - arzonlashadi, narx manfiy bo'lib qolishi ham mumkin).
Barcha buyruqlar bajarilgach, eng katta va eng kichik narxni toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va q. Ikkinchi qatorda n ta son ai. Keyingi q qatorning har birida l, r, x.
Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 105, |ai| ≤ 109, 1 ≤ l ≤ r ≤ n, |x| ≤ 104.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda ikki son: eng katta va eng kichik narx.
Izoh
1-namuna izohi. Buyruqlardan keyin narxlar 9 2 8 8 5: eng kattasi 9, eng kichigi 2.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.