Aylana stol

Masala #1147 · murakkablik 32% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Restoranning aylana stoli atrofida 1 dan n gacha raqamlangan n ta o'rindiq bor: n-o'rindiqdan keyin yana 1-o'rindiq keladi. m ta ofitsiant ishlaydi: i-ofitsiant li-o'rindiqdan boshlab raqamlar o'sishi tomon ri-o'rindiqqacha (ikkalasi ham kiradi) xizmat qiladi. li > ri bo'lsa, oraliq n-o'rindiqdan 1-o'rindiqqa o'tib davom etadi.

Eng ko'p ofitsiant xizmat qiladigan o'rindiqda nechta ofitsiant bor va bunday o'rindiqlar nechta?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n ≤ 106, 1 ≤ m ≤ 2·105). Keyingi m qatorda li ri (1 ≤ li, ri ≤ n).

Chiquvchi ma'lumotlar

Ikki son: bitta o'rindiqqa xizmat qiladigan ofitsiantlarning eng ko'p soni va shunday o'rindiqlar soni.

Izoh

1-namuna izohi. 2-ofitsiant 5-, 6- va 1-o'rindiqqa xizmat qiladi. 4-o'rindiqqa 1- va 3-ofitsiant, 5-o'rindiqqa 2- va 3-ofitsiant xizmat qiladi - ikkitadan, qolganlariga bittadan. Javob: 2 ta ofitsiant, 2 ta o'rindiq.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.