Bahorgi sug'orish
Masala #1164 · murakkablik 46% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Uzun gulzorda 1 dan n gacha raqamlangan pushtilar bor, boshida hammasida 0 litr suv. Avval m ta sug'orish bo'ladi: l r x - l-dan r-pushtigacha (ikkalasi ham kiradi) har biriga x litr suv quyiladi. Hamma sug'orish tugagach, bog'bon q ta savol beradi: «l-dan r-pushtigacha jami necha litr suv bor?»
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, m, q. Keyingi m qatorda l, r, x (sug'orishlar). Keyingi q qatorda l, r (savollar).
Cheklovlar: 1 ≤ n, m, q ≤ 105, 1 ≤ l ≤ r ≤ n, 1 ≤ x ≤ 104.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har savol uchun alohida qatorda bitta son.
Izoh
1-namuna izohi. Sug'orishlardan keyin pushtilarda 2 3 3 1 1 litr suv. Savollar: 1-5 - 10 litr, 2-3 - 6 litr, 4-4 - 1 litr.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.