Bog' hosili

Masala #1155 · murakkablik 30% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bog' n × m katakka bo'lingan, i-qator j-ustundagi katakdan aij kg meva terildi. Fermer q marta so'raydi: yuqori chap burchagi (x1, y1), pastki o'ng burchagi (x2, y2) bo'lgan to'rtburchakdan (chegarasi bilan) jami necha kg meva terilgan?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n, m ≤ 1000). Keyingi n qatorda m tadan son aij (0 ≤ aij ≤ 109). So'ng q (1 ≤ q ≤ 105) va q qatorda x1 y1 x2 y2 (1 ≤ x1 ≤ x2 ≤ n, 1 ≤ y1 ≤ y2 ≤ m).

Chiquvchi ma'lumotlar

Har so'rov uchun alohida qatorda bitta son.

Izoh

1-namuna izohi. (1, 1)-(2, 2): 1 + 2 + 5 + 6 = 14. (2, 2)-(3, 4): 6 + 7 + 8 + 10 + 11 + 12 = 54. (3, 1)-(3, 1): bitta katak, 9.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.