Eng katta kvadrat

Masala #1170 · murakkablik 60% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

n × m jadvalning har katagida musbat butun son yozilgan. Tomoni s katak bo'lgan kvadrat (jadval ichida) ichidagi sonlar yig'indisi S dan oshmasa, uni «yengil» deymiz.

Eng katta s ni toping, bunda kamida bitta tomoni s bo'lgan yengil kvadrat mavjud. Birorta ham katak yengil bo'lmasa, 0 chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, m, S. Keyingi n qatorda m tadan son.

Cheklovlar: 1 ≤ n, m ≤ 1000, 1 ≤ aij ≤ 106, 1 ≤ S ≤ 1015.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng katta tomon uzunligi.

Izoh

1-namuna izohi. Yuqori chap 2 × 2 kvadrat: 1 + 2 + 5 + 6 = 14 ≤ 20 - yengil. Har qanday 3 × 3 kvadrat 54 dan kam emas. Javob 2.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.