Eng boy maydon
Masala #1157 · murakkablik 40% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Dehqonning n × m katakli maydoni bor. i-qator j-ustundagi katakdan aij kg hosil olinadi (zararkunanda tushgan kataklarda hosil manfiy: yo'qotish). Dehqon tomoni k katakli kvadrat ko'rinishidagi yer uchastkasini tanlamoqchi.
Uchastkadagi jami hosilning eng katta qiymatini toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, m, k. Keyingi n qatorda m tadan son.
Cheklovlar: 1 ≤ k ≤ min(n, m), 1 ≤ n, m ≤ 1000, |aij| ≤ 1000.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - k × k kvadratdagi eng katta yig'indi.
Izoh
1-namuna izohi. Eng yaxshi 2 × 2 uchastka - 2-3 qatorlar va 3-4 ustunlar: 7 + 8 + 11 + 12 = 38.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.