Uch rangli marjon

Masala #1145 · murakkablik 58% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Marjonda n ta munchoq qatorasiga terilgan, har biri qizil (R), yashil (G) yoki ko'k (B). Ketma-ket munchoqlardan iborat bo'lak «muvozanatli» deyiladi, agar unda uchala rangdagi munchoqlar soni teng bo'lsa.

Muvozanatli bo'laklar nechta? Turli joydagi bo'laklar alohida sanaladi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 2·105). Ikkinchi qatorda R, G, B harflaridan iborat n uzunlikdagi satr.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - muvozanatli bo'laklar soni.

Izoh

1-namuna izohi. RGBBGR da muvozanatli bo'laklar: RGB, BGR va butun marjon - jami 3 ta.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.