Plakatlar
Masala #1162 · murakkablik 56% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Ulkan devorga n ta to'rtburchak plakat yopishtirildi. i-plakat chap pastki burchagi (x1, y1) va o'ng yuqori burchagi (x2, y2) bo'lgan to'rtburchakni yopadi; tomonlari koordinata o'qlariga parallel. Plakatlar bir-birining ustiga tushishi mumkin.
Devorning kamida t ta plakat bilan yopilgan qismining yuzasini toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va t (1 ≤ t ≤ n ≤ 1000). Keyingi n qatorda x1 y1 x2 y2 (0 ≤ x1 < x2 ≤ 109, 0 ≤ y1 < y2 ≤ 109).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - yuza.
Izoh
1-namuna izohi. Ikki 2 × 2 plakat 1 × 1 kvadratda ustma-ust tushadi: birlashma yuzasi 4 + 4 − 1 = 7.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.