Rasm ramkasi

Masala #1156 · murakkablik 36% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Devordagi mozaika n × m katakdan iborat, har katakda butun son - uning «yorqinligi» (manfiy bo'lishi ham mumkin). Rassom q marta so'raydi: yuqori chap burchagi (x, y) va tomoni k bo'lgan kvadratning ramkasi - chetki kataklari (birinchi va oxirgi qatori, birinchi va oxirgi ustuni) yorqinliklari yig'indisi qancha? Kvadrat mozaika ichida to'liq joylashadi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n, m ≤ 500). Keyingi n qatorda m tadan son (|aij| ≤ 109). So'ng q (1 ≤ q ≤ 105) va q qatorda x y k (1 ≤ k, x + k − 1 ≤ n, y + k − 1 ≤ m).

Chiquvchi ma'lumotlar

Har so'rov uchun alohida qatorda bitta son.

Izoh

1-namuna izohi. 4 × 4 mozaikada (1, 1, 4) kvadrat ramkasiga ichki 2 × 2 qismdan (6, 7, 10, 11) boshqa hamma katak kiradi: 136 − 34 = 102. Tomoni 2 yoki 1 bo'lgan kvadratda hamma katak chetda.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.