Yo'lda yoqilg'i

Masala #1202 · murakkablik 48% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Mashina 0 nuqtadan D km uzoqlikdagi shaharga yo'l oldi. Bakda F litr yoqilg'i bor, har km ga 1 litr sarflanadi, bak sig'imi cheklanmagan. Yo'lda n ta yoqilg'i shoxobchasi bor: i-si xi km da, unda to'xtasangiz, aynan gi litr quyib olasiz. Shaharga yetish uchun eng kamida necha marta to'xtash kerak? Yetib bo'lmasa, -1. Yoqilg'i aynan nolga tushgan joyda ham shoxobchaga (yoki shaharga) yetgan hisoblanasiz.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, D, F. Keyingi n qatorda xi va gi, shoxobchalar yo'l bo'ylab tartibda: 0 < x1 < x2 < … < xn < D.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2·105, 1 ≤ D ≤ 109, 0 ≤ F ≤ 109, 1 ≤ gi ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng kam to'xtashlar soni yoki -1.

Izoh

1-namuna izohi. 10 litr bilan 10-km dagi shoxobchaga yetamiz va 60 litr quyamiz - endi 70-km gacha yetamiz. 60-km dagi shoxobchada yana 40 litr quyib, 100-km ga yetamiz. Ikki to'xtash; bittasi bilan yetib bo'lmaydi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.