Eng katta to'rtburchak
Masala #1175 · murakkablik 42% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Kengligi 1 ga teng n ta ustun yonma-yon turibdi, i-ustunning balandligi hi. Faqat ustunlar ichida joylashgan, tomonlari o'qlarga parallel eng katta yuzli to'rtburchakni toping va uning yuzini chiqaring.
Masalan, balandliklar 2, 1, 5, 6, 2, 3 bo'lsa, eng katta to'rtburchak balandligi 5 va 6 bo'lgan ikki ustunni qamrab oladi: balandlik 5, kenglik 2, yuz 10.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, ikkinchi qatorda n ta son h1, …, hn.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2·105, 0 ≤ hi ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng katta yuz.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.