Bir-birini ko'radiganlar
Masala #1179 · murakkablik 53% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Qatorda n kishi turibdi, i-kishining bo'yi hi. i < j bo'lgan ikki kishi bir-birini ko'radi, agar ular orasida turgan har bir kishining bo'yi min(hi, hj) dan oshmasa. Yonma-yon turganlar doim bir-birini ko'radi. Bir-birini ko'radigan juftliklar sonini toping.
Masalan, bo'ylar 3, 2, 2, 3 bo'lsa, oltita juftlikning hammasi bir-birini ko'radi: 1- va 4-kishilar orasidagilar (2 va 2) 3 dan oshmaydi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, ikkinchi qatorda n ta son h1, …, hn.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2·105, 1 ≤ hi ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - juftliklar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.