Aksiya narxi

Masala #1173 · murakkablik 28% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Birja n kun davomida bitta aksiyaning kunlik narxini yozib bordi: a1, …, an. i-kunning oralig'i deb, i-kundan orqaga (shu kunni ham hisoblab) ketma-ket nechta kunning narxi ai dan oshmagan bo'lsa, shu songa aytiladi.

Masalan, narxlar 100, 80, 60, 70, 60, 75, 85 bo'lsa, oraliqlar 1, 1, 1, 2, 1, 4, 6. Oxirgi kunda (85): orqaga 75, 60, 70, 60, 80 narxlarning hammasi 85 dan oshmagan, 100 esa oshgan - demak oraliq 6 kun (2-kundan 7-kungacha).

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, ikkinchi qatorda n ta son a1, …, an.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2·105, 1 ≤ ai ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda n ta son - har kunning oralig'i.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.