Eng katta bo'sh maydon
Masala #1180 · murakkablik 56% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Ombor rejasi n × m katakli jadval: . - bo'sh katak, # - band katak. Faqat bo'sh kataklardan iborat, tomonlari jadval chiziqlari bo'ylab ketgan eng katta to'g'ri to'rtburchakni toping va uning yuzini (kataklar sonini) chiqaring. Bo'sh katak bo'lmasa, 0.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m. Keyingi n qatorning har birida m ta belgi (. yoki #).
Cheklovlar: 1 ≤ n, m ≤ 1000.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng katta yuz.
Izoh
1-namuna izohi. 1-3-qatorlar va 3-5-ustunlar kesishmasidagi 3 × 3 kvadrat to'liq bo'sh - yuz 9. Undan kattasi yo'q.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.