Muddatli buyurtmalar

Masala #1197 · murakkablik 50% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Ustaxonaga n ta buyurtma keldi. Har buyurtma bir kunda bajariladi, kuniga ko'pi bilan bitta buyurtma bajarish mumkin, kunlar 1 dan sanaladi. i-buyurtma di-kundan kechiktirmay bajarilsa, pi so'm foyda keltiradi; kechiksa yoki umuman bajarilmasa - hech narsa. Eng katta jami foydani toping.

Masalan, buyurtmalar (muddat, foyda) = (1, 5), (1, 7), (2, 3), (2, 8) bo'lsa, 1-kuni (1, 7), 2-kuni (2, 8) ni bajarib 15 olinadi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n. Keyingi n qatorda di va pi.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2·105, 1 ≤ di, pi ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng katta foyda.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.