Reyting oqimi

Masala #1191 · murakkablik 32% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Tanlovda n ta ishtirokchi ketma-ket ball oladi: a1, …, an. Har ball kelgandan keyin hozirgacha kelganlar orasida k-eng katta ballni e'lon qilish kerak (agar hali k tadan kam ball kelgan bo'lsa, -1).

Masalan, k = 3 va ballar 4, 5, 8, 2, 9, 1: e'lonlar -1, -1, 4, 4, 5, 5.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va k, ikkinchi qatorda n ta son a1, …, an.

Cheklovlar: 1 ≤ k ≤ n ≤ 2·105, 1 ≤ ai ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda n ta son.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.