Harorat farqi

Masala #1183 · murakkablik 35% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Meteostansiya n kun harorat yozdi. Uzunligi k bo'lgan har bir ketma-ket kunlar oynasi uchun (jami n − k + 1 ta) eng yuqori va eng past harorat ayirmasini hisoblang va bu ayirmalar yig'indisini chiqaring.

Masalan, harorat 1, 3, −1, −3, 5 va k = 3 bo'lsa, oynalar [1, 3, −1], [3, −1, −3], [−1, −3, 5] ayirmalari 4, 6, 8, yig'indi 18.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va k, ikkinchi qatorda n ta son a1, …, an.

Cheklovlar: 1 ≤ k ≤ n ≤ 2·105, |ai| ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - ayirmalar yig'indisi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.